AgroVentures Fondi · Agrobank ekotizimi

O‘zbekistonning innovatsion kelajagiga investitsiya qilamiz

Biz iste'dodli tadbirkorlar, innovatsion g‘oyalar va startaplarni kapital, professional ekspertiza va strategik ko‘mak bilan ta'minlaymiz — ularni global miqyosda raqobatbardosh bizneslarga aylantirishga ko‘maklashamiz.

AgroVentures
Kelajak urug’ini birga ekamiz
73 mlrd
so‘m ustav kapitali
$25K–$500K
investitsiya oralig‘i
5
ustuvor yo‘nalish
100%
Agrobank ulushi
Fond haqida

Innovatsiyalar uchun venchur kapitali

AgroVentures — ATB «Agrobank» tomonidan tashkil etilgan venchur fond. 2026-yil 18-sentabrda 73 mlrd so‘m ustav kapitali bilan ta'sis etilgan bo‘lib, agrosektor va qo‘shni innovatsion sohalardagi startaplarni g‘oya bosqichidan yetuk biznesgacha qo‘llab-quvvatlaymiz.

Missiyamiz

O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar va iste'dodli tadbirkorlarni professional kapital, ekspertiza va strategik ko‘mak bilan ta'minlab, ularni muvaffaqiyatli, global miqyosda raqobatbardosh bizneslarga aylantirish.

Yo‘nalishlar

Investitsiya yo‘nalishlari

Biz texnologik o‘sish salohiyatiga ega beshta ustuvor sohaga sarmoya kiritamiz.

AgriTech va agro-innovatsiyalar

Aqlli qishloq xo‘jaligi, IoT, vertikal fermalar.

Sun'iy intellekt (AI)

Mashina o‘rganish, kompyuter ko‘rish, prognozlash tizimlari.

FinTech

Moliyaviy texnologiyalar, raqamli to‘lovlar, embedded banking.

E-commerce va Retail

Onlayn savdo va raqamli marketplace'lar.

HealthTech · EdTech · GreenTech

Va boshqa ustuvor innovatsion sohalar.

Investitsiya bosqichlari va summasi

G‘oyadan - yetuk STARTUPgacha

AgroVentures loyihaning har bir rivojlanish bosqichida kapital yetkazib beradi. Biz mix-stage yondashuvni qo‘llaymiz — startapning turli bosqichlarida ishlaymiz.

01
Eng erta bosqich

Pre-seed

$25 000 – $50 000

Sizda innovatsion g‘oya, dastlabki jamoa yoki MVP (minimal ishlaydigan mahsulot) bor. Biz g‘oyani sinovdan o‘tkazish va bozorga birinchi qadamni qo‘yishga ko‘maklashamiz.

Kimlar uchun: yangi startaplar, ilk bosqichdagi tadbirkorlar, universitet va ilmiy loyihalar.

02
O‘sishni tezlashtirish

Seed

$50 000 – $200 000

Mahsulotingiz bozorga chiqqan va dastlabki mijozlarga ega. Endi product-market fit (mahsulot-bozor mosligi)ga erishish va o‘sishni tezlashtirish vaqti.

Kimlar uchun: ishlaydigan mahsulotga va dastlabki daromadga ega startaplar.

03
Kengayish

Growth

$200 000 – $250 000

Loyihangiz barqaror o‘sish ko‘rsatmoqda va kengayishga tayyor. Biz yangi bozorlarga chiqish, jamoani kengaytirish va miqyosni oshirish uchun kapital taqdim etamiz.

Kimlar uchun: barqaror o‘sayotgan va miqyoslashga tayyor startaplar.

Agroventuresdan qo‘shimcha imkoniyatlar

Biz «hands-on» yondashuvni qo‘llaymiz: pul bilan birga tajriba va tarmoqni ham beramiz.

Kapital

G‘oyangizni hayotga tatbiq etish uchun $25K – $500K oralig‘ida moliyaviy resurs.

Ekspertiza

Investitsiya, moliya, huquq va biznes sohasidagi professional maslahat.

Mentorlik

Tajribali ekspertlar va xalqaro hamkorlar bilan ishlash.

Network

Investorlar, hamkorlar va bozorga chiqish imkoniyatlari.

Akseleratsiya

Xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan dasturlar.

Bizning jamoa

Fond jamoasi

Investitsiya va agrosanoat sohasidagi tajribaga ega jamoa. Ochiq lavozimlarga iqtidorli mutaxassislarni taklif qilamiz.

Abdullayev Mirolim
Abdullayev Mirolim
Direktor
Direktor o‘rinbosari
Vakant
Loyiha menedjeri
Vakant
Marketing menedjeri
Vakant
Jamoamizga qo‘shilmoqchimisiz? Rezyume yuborish
Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

AgroVentures tashkil etildi🚀 NEW
18.09.2026

73 mlrd so‘m ustav kapitali bilan AgroVentures tashkil etildi

Agrobank 100% ulushga ega bo‘lgan va ustav kapitali 73 mlrd so‘mni tashkil etuvchi AgroVentures kompaniyasiga asos soldi. Kompaniya rahbarligiga 2022-yildan Agrobankda investitsiyalar bo‘yicha direktor bo‘lib faoliyat yuritgan Mirolim Abdullayev tayinlandi. Fond akselerator va inkubator dasturlari, xakatonlar hamda istiqbolli agrotex startaplar uchun grant dasturlarini yo‘lga qo‘yadi.

ICT Week Uzbekistan 2026ICT WEEK
19.09.2026

ICT Week Uzbekistan 2026 22–25 sentabr, Toshkent

22–25 sentabr kunlari Toshkentdagi CAExda ICT Week Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi. Dastur loyihalarni taqdim etish, hamkor izlash va tajriba almashish uchun profil tadbirlarini birlashtiradi. Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida, IT Park Uzbekistan bosh hamkorligida o‘tkaziladi. Bu — O‘zbekiston IT bozorining jozibadorligini xorijiy investorlarga namoyish etish uchun ideal platforma.

ictweek.it-park.uz ↗
🔥 OPEN CALL
20.09.2026

Korporativ akseleratorga arizalar qabul qilinmoqda!

5-oktabrdan 5-noyabrgacha AgroVentures korporativ akseleratori arizalarni qabul qiladi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini moliyalashtirish sohalarida amaliy yechimlar ishlab chiqayotgan startaplar uchun 12 haftalik dastur. Dastur AgroBank korporativ venchur fondi — AgroVentures tomonidan AI Station bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ariza topshirishga shoshiling!

Akseleratsiya dasturi

AgroVentures Korporativ Akseleratori

Toshkentdagi asosiy bosqichni mintaqaviy kengayish bilan birlashtirgan 12 haftalik intensiv dastur. Startaplar tajribali mentorlar bilan ishlaydi va Agrobank bo‘limlari yoki MSB mijozlari bilan pilot loyiha ustida faoliyat yuritadi.

12 hafta 📍 Toshkent + mintaqalar 🎯 20 startapgacha 0 to‘lov · 0 ulush

Kim ariza topshirishi mumkin?

Quyidagi yo‘nalishlardagi erta va o‘sish bosqichidagi startaplar:

AgriTech

Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari

FinTech

AgriBusiness uchun moliyaviy texnologiyalar

AI

AgriBusiness uchun sun'iy intellekt yechimlari

Deep Tech

Fundamental texnologik loyihalar

O‘zbekistonda joylashgan yoki mintaqaga kirishni rejalashtirayotgan xalqaro jamoalar ham ishtirok etishi mumkin.

Nima talab qilinadi?

Ishtirok to‘lovi yoki ulush talab qilinmaydi. Startaplardan quyidagilar kutiladi:

  • Dastur faoliyatlarida to‘liq ishtirok etish
  • Kamida bitta pilot loyihani amalga oshirish
  • Yakuniy Demo Day / Sammitda natijalarni taqdim etish

Dastur maqsadlari

Real muammolarni hal qilish

Agrobank bo‘limlari va MSB mijozlari ekotizimidagi haqiqiy operatsion muammolarni hal qiladigan startaplarni jalb qilish.

Yechimlarni sinovdan o‘tkazish

Markaziy Osiyodagi yetakchi bank doirasida yechimlarni sinash, tasdiqlash va takomillashtirish imkoniyati.

O‘sishni tezlashtirish

Xalqaro mentorlik, treninglar, korporativ resurslar va strategik hamkorliklar orqali rivojlanishni jadallashtirish.

Mintaqaviy ekotizim

Toshkentdagi innovatsiyani O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy hududlaridagi imkoniyatlar bilan bog‘lash.

Dastur qanday kechadi

1-bosqich · 8 hafta

Toshkentda asosiy dastur

Treninglar, mentorlik sessiyalari, Agrobank bo‘limlari bilan tanishuv va pilot loyihalarni ishga tushirish.

2-bosqich · 4 hafta

Mintaqaviy kengayish

Dastur O‘zbekistonning tanlab olingan shaharlarida davom etadi — Regional Roadshow.

Yakun

Demo Day / Sammit

Startaplar pilot natijalarini Agrobank rahbariyati, investorlar va hamkorlar oldida taqdim etadi.

Har bir startapga shaxsiy Tracker (dastur vakili) biriktiriladi — u muntazam uchrashuvlar orqali jarayonni kuzatib boradi, to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi va pilot bosqichlari o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi.

Ishtirokchilar uchun kafolatlar

Intellektual mulk sizni o‘zizda qoladi

Dasturdan oldin yoki davomida yaratilgan barcha yechimlar startapning ekskluziv mulki bo‘lib qoladi. Ishtirok Agrobank yoki AI Station tomonidan IP'ingizga hech qanday da'vo yaratmaydi.

Moliyaviy majburiyatlar yo‘q

Ishtirok to‘lovi, ulush talabi yoki daromad ulushi majburiyatlari mavjud emas.

Maxfiylik himoyasi

Barcha tomonlar o‘rtasidagi maxfiy ma'lumotlar qonun asosida himoyalanadi.

Tanlov jarayoni

Arizalar quyidagi mezonlar asosida Dastur qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi:

  • Yechim Agrobank bo‘limlari yoki MSB mijozlari ehtiyojlariga mosligi
  • Jamoaning kuchi va tegishli tajribasi
  • Mahsulot-bozor mosligi (MRR, foydalanuvchilar, pilot tajribasi afzallik)
  • O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorida miqyoslash salohiyati
  • Pilot loyihani amalga oshirishga tayyorlik

Saralab olingan nomzodlar founder-intervyuga taklif etiladi. Har bir kohortaga 20 tagacha startap tanlab olinadi.

Ariza topshirishga tayyormisiz?

Arizalar qabuli: 5-oktabrdan 5-noyabrgacha. Ariza to‘ldirish 15–20 daqiqa oladi — boshlashdan oldin pitch deck'ingizni (PDF yoki havola) tayyorlab qo‘ying.

⏳ Deadline: 05.10 – 05.11.2026

Savol-javob

Tez-tez so‘raladigan savollar

Javobini topa olmadingizmi? Biz bilan bog‘laning — yordam beramiz.

Savol berish
ATB «Agrobank» tomonidan tashkil etilgan xususiy investitsiya fondi. Biz O‘zbekistonda innovatsion startap va loyihalarga kapital, ekspertiza va strategik ko‘mak beramiz.
AgriTech, AI, FinTech, E-commerce, HealthTech va boshqa ustuvor sohalardagi — jami 5 ta yo‘nalishdagi innovatsion startaplarga.
Bitta loyihaga $25 000 dan $500 000 gacha, loyihaning bosqichiga qarab.
Pre-seed, Seed va Growth — g‘oya darajasidan yetuk biznesgacha barcha bosqichlarda.
Innovatsion, o‘sish salohiyatiga ega va bozor imkoniyati bo‘lgan har qanday startap yoki tadbirkor.
Har bir ariza professional jamoamiz va Investitsiya qo‘mitasi tomonidan baholanadi. Jarayon odatda 8–14 hafta davom etadi.
Ha, investitsiya evaziga odatda ustav kapitalda ulush olinadi (Equity, Convertible Note yoki SAFE instrumentlari orqali).
Biz «hands-on» yondashuvni qo‘llaymiz — kapitaldan tashqari mentorlik, ekspertiza hamda investorlar va hamkorlar tarmog‘ini ham taqdim etamiz.
Ha, biz yiliga ikki marta xalqaro hamkorlar bilan akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini o‘tkazamiz.
Asosiy fokus — O‘zbekiston, keyin Markaziy Osiyo va global bozorlar.
Biz bilan bog‘lanish

G‘oyangiz bormi? Keling, gaplashamiz

G‘oyangiz bor yoki hamkorlik qilmoqchimisiz? Biz siz bilan ishlashga tayyormiz. Quyidagi ma'lumotlar orqali bog‘laning.

«AGRO VENTURES» MCHJ
Manzil
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor MFY, Botir Zokirov ko‘chasi, 2a-uy
Ish vaqti
Dushanba–Juma, 10:00–19:00

Bizni xaritada toping

Toshkent shahri, Botir Zokirov ko‘chasi, 2a